Qoraqalpoğistonning Bözatov, Qorauzoq va Çimboy tumanlaridan bölgan 8 nafar fermerga asalariçilikni rivojlantiriş uçun 80 ta asalari uyasi topşirildi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi matbuot xizmati xabar berdi.
Fermerlar loyihasini BMT Taraqqiyot dasturi va BMTning Aholişunoslik jamğarmasining (UNFPA) tanlov komissiyasi tasdiqlagan. Yaponiya hukumati tomonidan moliyalaştirilgan tanlov taşkilotlar tomonidan fevral oyida «Orol dengizi mintaqasidagi mahalliy hamjamiyatlarning ekologik, iqtisodiy zaifliklari, şuningdek, aholi salomatligi masalalariga çidamliligini kuçaytiriş» qöşma dasturi doirasida ötkazilgan. Hamkorlikda moliyalaştiriş uçun jami 27 ta biznes-loyiha tasdiqlangan.
«Murakkab ekologik va iqtisodiy vaziyatga ega mintaqa uçun asalariçilikning öziga xos ahamiyati mavjud. Bu şunçaki barqaror daromad olib keladigan biznes bölibgina qolmay, atrof-muhitni yaxşilaş, ekologik tozalik va soğlik uçun foydali mahsulotlardan foydalaniş imkonini berişga sarmoya kiritişdir. Çunki asalariçi asaldan taşqari, mum, propolis oladi, omadi kelsa, farmkompaniyalar uçun zarur bölgan asalari zaharini sotişni yölga qöyişi mumkin», — deyiladi xabarda.
















