25 may kuni AOKAda Kömir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida sohada amalga oşirilayotgan işlar, sanoat xavfsizligini ta'minlaş va tekşirişlar böyiça ma'lumotlar berildi.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil boşidan Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi Kömir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan 5931ta sanoat xavfsizligi hamda konçilik işlari va yer osti boyliklaridan foydalaniş talablari buzilgani aniqlangan.
«Xavfli işlab çiqariş obektlarida avariyalar va baxsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida 12 holatda xavfli işlab çiqariş obektlarida işlar vaqtinça töxtatib qöyildi va işçilar bexatar joyga olib çiqilgan.
Korxona va taşkilotlarda jami 15ta baxsiz hodisa röy bergan. Ulardan bittasi guruhiy, 2tasi yengil, 7tasi oğir va 5tasi oqibati ölim bilan tugagan baxsiz hodisalar», dedi Kömir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boşliği Hikmatilla Mayusupov.
Şuningdek, inspeksiya tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga köra, sodir bölgan baxsiz hodisalar Navoiy va Olmaliq KMKlari hamda «Özbekkömir» korxonalarida bölgan.
1. Sodir bölgan baxsiz hodisalar korxonalar kesimida:
a) Navoiy kon metallurgiya kombinati (NKMK) — 8ta baxsiz hodisa röy bergan. Bitta yengil, 3ta oğir, 3ta ölim, bitta guruhiy.
b) Olmaliq kon metallurgiya kombinati (OKMK) — 4ta baxsiz hodisa röy bergan. Bitta yengil, 3ta oğir.
v) Özbekkömir — 3ta baxsiz hodisa röy bergan. Bitta oğir, 2ta ölim.
2) Sodir bölgan baxsiz hodisalar viloyatlar kesimida:
— Samarqand: 1 (Samarqand viloyatida Navoiy KMK Janubiy kon boşqarmasi)
— Navoiy: 7
— Toşkent viloyati: 7
Sodir bölgan baxsiz hodisalar tekşiriş yakunlari böyiça 9ta hujjat huquqni muhofaza qiliş organlariga qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar köriş uçun taqdim etilgan.















