Chunki, bu tushunchalar yuqorida qayd etilgan har ikki tarafga birday to‘g‘ri kelishi uchun ularning har ikkisida ham bir xil manfaat, bir xil ehtiyoj bo‘lishi kerak. Afsuski, buning iloji yo‘q. Ular turlicha... Biri ishini qilishi, ikkinchisi nazoratini olib borishi kerak.

Dunyo ham shu prinsipga qurilgan. Ya'ni uni manfaat birlashtiradi. Undagi mamlakatlar o‘zaro manfaatlar asosida yashaydi, o‘z taraqqiyotini ko‘zlab hamkorlik qiladi. Xullas, dunyodagi davlatlarning o‘zaro munosabatida, manfaatdorlik yoki katta davlat, korporatsiya va gegaguruhlar, o‘z ta'siriga ega yirik, massmediyalarning kichik davlatlar ustidan o‘z manfaatlarini amalga oshirishga asoslangan yashirin munosabati yotadi.

Demak, «manfaat» degan tushuncha dunyoni vayron qilmasligi, shuningdek, insonni ham buzmasligi uchun insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan – «odob-axloq qoidalari va qonunlar» o‘z vazifasini bajarishi kerak.

Bajargandaki, aql bilan bajarilishi ham juda muhim.

Albatta, bu vazifani ado etish turli davrlarda turlicha nomlangan. Hozirda u sudlov, sud hokimiyati deb nomlanadi.

Sudlarning zimmasida bo‘lgan bu vazifani amalga oshirish jarayoni, uni amalga oshirish yakuni yuzasidan har kim o‘z nuqtai nazari, fikri, munosabatini bildirishi mumkin.

Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi. U bir necha holatda aybdor deb topildi. Boshqa bir holatda unga qo‘yilgan ayb o‘z isbotini topmagani asosida rad etildi. Ushbu sud hukmiga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest kiritish huquq va vakolati mavjudligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Men to‘xtalmoqchi bo‘lgan masala esa, bundan ancha muhim hamda yukliroq.

Bu masala – «manfaat» masalasi. Ya'ni tama aralashgan holat, manfaatdorlik bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat. Biroq, hozirgi holatda sud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, unga munosabat bildirish noo‘rin...

Agar fikrlarimni bugun ijtimoiy tarmoqlar, OAV, keng jamoatchilik, xalqaro jamoatchilik bildirayotgan fikr va qarashlar qatorida bir munosabat deb hisoblasak, aslida, qayd etib o‘tilgan bloger katta bir mavqega ega bir shaxs emas, olamshumul bir muammoni ham olib chiqqani yo‘q...

Lekin, postning kirish qismida bayon etganimdek, dunyoni manfaat boshqaradi. Oxir-oqibat aqlli boshqaruvga butun dunyo ilg‘or davlatlari o‘tganini, ya'ni bu boshqaruv hokimiyatida xalq o‘rni muhimligi, aql bilan ish tutish, chuqur mulohaza, aqllar bellashuvi davrida yashayotganligimizni har daqiqa uyg‘oq aql, bosiq aniq-tiniq, soddalikka, ortiqcha his-tuyg‘u, va eng asosiysi, asossizlikka asoslanmagan fikr lozimligini anglab turishimiz har holda xayrlidir.