Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari umumiy qiymati 313,6 million sömlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib körsatilganligini aniqladi. Bu haqda Davlat Bojxona qömitasi axborot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi “Qöqon” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuk avtotransport vositalari uçun möljallangan moy filtrlari tovarlarini vaqtinça saqlaş bojxona rejimiga rasmiylaştiriş uçun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona körigidan ötkazilgan.

Mas'ul idora xodimlari tomonidan mazkur yuklar hujjatlar bilan soliştirilganida, umumiy qiymati 313,6 million sömlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib körsatilganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.   

Avvalroq, Farğonadagi tezkor tadbirda bojxona xodimlari 14 million sömlik maişiy texnikalarning hujjati yöqligini aniqlaganligi haqida xabar berilgan edi.