Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi tezkor tadbirda 14 mln so‘mlik maishiy texnikalarning hujjati yo‘qligi aniqlandi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 14 mln so‘mlik changyutgich bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmaganligi aniqlandi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati tomonidan Kun.uzga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma'lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida “Quvasoy-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan, dastlabki qiymati 14 mln so‘mlik jami 20 dona 3 turdagi changyutgich maishiy texnika tovarlari borligi aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalari noqonuniy savdosining oldi olinganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026