26 may kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent tuman sudida Kelesdagi 26-maktab direktori Saida Hoşimovaga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqiş boşlandi. Bu haqda sudlanuvçining turmuş örtoği Kun.uz muxbiriga ma'lum qilgan.

Dastlabki sud majlisida tomonlar taniştiruvi va prokuror ayblov xulosasi öqib eşittirilgan.

Voqealar xronologiyasi

Saida Hoşimova özi rahbarlik qilib kelayotgan 26-maktab oldidagi qurilişga qarşi çiqqanidan söng tadbirkor va mahallaning bir neçta a'zolari uning ustidan prokuraturaga şikoyat qilişadi. Şikoyat vaj qilinib, prokuratura va boşqa taşkilotlar tomonidan maktab direktorining faoliyati tekşiriladi.

Şu yil 16 aprel kuni Toşkent viloyati prokuraturasi Toşkent tumanidagi 26-maktab direktori 173 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida rasmiy xabar tarqatgan.

Bu xabardan tuşkunlikka tuşgan maktab direktori Kun.uz’ga murojaat qilib, jinoyatçi emasligini, 173 million sömni talon-toroj qilmaganini, mahalla, hokimlik va prokuratura bosim qilib, unga qarşi birlaşib iş körayotganini ma'lum qilgan edi.

Şundan söng Saida Hoşimova jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudining 21 apreldagi ajrimi bilan lavozimidan çetlatilgan.

30 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudi tuman prokurori A.Nazarovning iltimosnomasini qanoatlantirib, Saida Hoşimovaga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasi qöllaş töğrisida ajrim çiqargandi.

Navbatdagi sud majlisi 1 iyun kuni soat 9:30 ga belgilangan.

Kun.uz mazkur sud jarayonlarini yoritib borişni reja qilgan.