Toşkent viloyati prokuraturasi Toşkent tumanidagi 26-maktab direktori 173 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida 16 aprel kuni xabar tarqatgan edi.
Bu xabardan tuşkunlikka tuşgan maktab direktori Kun.uz'ga murojaat qilib, jinoyatçi emasligini, 173 million sömni talon-toroj qilmaganini, mahalla, hokimlik va prokuratura bosim qilib, unga qarşi birlaşib iş körayotganini aytgandi.
Kun.uz'ga ma'lum bölişiça, Saida Hoşimova jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudining 21 apreldagi ajrimi bilan lavozimidan çetlatilgan.
Şuningdek, joriy yil 30 aprel kuni şu sud tuman prokurori A.Nazarov kiritgan iltimosnomani qanoatlantirib, Saida Hoşimovaga nisbatan uy qamoği ehtiyot çorasini qöllaş töğrisida ajrim çiqargan.
Bu – prokuratura organlarining ayollarga, xususan, jamiyatda ardoqlanişi va izzat-ikrom körsatilişi lozim bölgan kasb egalariga nisbatan keskin çoralar körişiga oid ilk holat emas.
COVID-19 öçoği içida işlagan şifokorlar va oğir ahvoldagi bemorlar uçun şaroit talab qilgan şifokor Guljahon Yöldoşeva ham jamoatçilikka murojaat yöllaganidan köp ötmay qamoqqa olingan edi.
Keyinçalik, Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Toşkent viloyati prokuraturasidan şifokor Guljahon Yöldoşevaga oid qarorni qayta körib çiqişni söragandi. Oliy Majlis Senati va keng jamoatçilikning e'tirozlaridan söng uning ehtiyot çorasi uy qamoğiga özgartirilgan edi.
Sönggi vaqtlarda tendensiya şuni körsatmoqdaki (jamoatçilikka ma'lum bölgan holatlarga köra), prokuratura organlari mayda maişiy işlarda, ayniqsa ojiz jins vakillari bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişda ança «jonbozlik» körsatmoqda. Ammo jiddiyroq masalalarga röpara kelganlarida oldi-qoçdi, yolğon-yaşiq gaplar bilan, işni yumaloq yostiq qilib yopib yuborayotgani yaşirib bölmaydigan ayni haqiqatdir.

















