Jahon | 09:11 / 27.05.2021
6571
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada qayiq to‘ntarilishi oqibatida 150dan ko‘proq odam cho‘kib ketdi  

Nigeriyaning shimoliy qismida Niger daryosida me'yoridan ortiq yuklangan qayiq to‘ntarilishi oqibatida 150dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ular cho‘kib ketgan deb hisoblanmoqda

Qayiqda 180ga yaqin odam bo‘lgan. Vaholanki, uning bortiga 80dan ortiq odam olish mumkin bo‘lmagan. 

«Ayni vaqtda 20 kishi tirik, 4 kishi o‘lik holda topilgan, qolgan 156 kishi cho‘kib ketgan deb hisoblanmoqda», deb aytgan suv yo‘llari boshqarmasi vakili Yusuf Birma.

Kebbi shtatining Ngaski tumani ma'muriyati vakili Abdullohi Buxoriy Varaning ma'lum qilishicha, qayiqda, shuningdek, yaqin oradagi oltin konidan olingan qum tashib ketilayotgan bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid