«O‘zbekiston milliy jamoasi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvlar oldidan Toshkentda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi.

Milliy jamoamiz 28 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi. Qisqa muddatli tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, vakillarimiz Dubay shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Avstraliya jamoasi tarkibidagi bir necha futbolchi jarohat olganligi sababli Avstraliya tomoni 29 may kungi O‘zbekistonga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. Shu sababli, milliy jamoamiz 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to‘p suradi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi», - deyiladi O‘FA xabarida.

Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan. 

Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan yig‘inda ishtirok etgan kengaytirilgan tarkibdan Sharof Muhitdinov («Paxtakor»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Azimjon Ahmedov («Navbahor»), Jamshid Iskanderov («Syonnam», J.Koreya), Ravshan Yagudin («Bunyodkor»), Husniddin G‘ofurov (OKMK), Shahzodbek Ubaydullaayev («Shaxtyor»), Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»), Iskandar Shoyqulov va Javohir Qahramonov («So‘g‘diyona») singari 10 nafar futbolchi yakuniy tarkibdan o‘rin olmadi.

O‘zbekiston milliy jamoasining Saudiya Arabistonida o‘tadigan JCh-2022 saralash bosqichiga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov (Nasaf), Valijon Rahimov (OKMK), Sanjar Quvvatov (Paxtakor).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (Qizilqum), Islom Qobilov (Lokomotiv), Husniddin Aliqulov (Nasaf), Rustamjon Ashurmatov (Gangvon, J.Koreya), Oleg Zoteyev (J.Dragons, J.Koreya), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Paxtakor), Hojiakbar Alijonov (Paxtakor), Sanjar Qodirqulov (Lokomotiv), Umarbek Eshmurodov (Nasaf).

Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov (Tsanchjou Mayti Layons, Xitoy), Otabek Shukurov (Sharja), Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov (ikkalasi Shabob Al Ahli, BAA), Ikrom Aliboyev (Tedjon, J.Koreya), Doston Hamdamov (Hatta, BAA), Vagiz Galiulin (Nefteximik, Rossiya), Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov (Paxtakor), Oybek Bozorov (Nasaf), Sanjar Shoahmedov (OKMK).

Hujumchilar: