Yangiyöl tumanida "KamAZ" yuk avtomaşinasida yonğin sodir böldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lum bölişiça, 26 may kuni soat 15:44 da Yangiyöl tumani «Registon» MFY hududidan ötuvçi M-39 yölining 830 km.da  harakatlanib ketayotgan “KamAZ” rusumli yuk avtomaşinasining motor va kabina qismida yonğin sodir bölgan.
 
Yuzaga kelgan yonğinni bartaraf etişga Toşkent viloyati Yangiyöl tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining 2 ta yonğin-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yonğin-qutqaruvçilar voqea joyiga soat 15:54da yetib borgan va soat 16:04da yonğin töliq öçirilgan. 

Yonğin natijasida yuk avtomobili haydovçisi qöl qismidan 3 foiz kuyiş tan jarohati olgan, şifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam körsatilgan. 
 
Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.