Özbekiston Boş vaziri örinbosari – Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Bloomberg Daybreak: Europe körsatuviga bergan intervyusida Özbekistonning ilk yevrobondlari va obligatsiyalar haqida ma'lumot berdi.
Qöçqorovga köra, joriy yilda Özbekistonning ikkita tijorat banklari xalqaro moliya bozori iştirokçisi sifatida faol harakatlarni boşlaydi.
«Biz obligatsiyalarning joylaştirilişi istiqboldagi sarmoyadorlar uçun yaxşi yangilik, deb bilamiz. Bu esa bizning zimmamizga mas'uliyat yuklaydi», – deydi u.
Körsatuv boşlovçisi sarmoyadorlar ingliz tilida ma'lumotlar topişda qiyinçiliklarga duç kelayotganini ta'kidladi. Özbekiston bu borada qanday işni amalga oşirmoqçiligi haqida Qöçqorovdan söraldi.
«Ayni paytda köplab iqtisodiy ma'lumotlarni XVJ saytidan topiş mumkin. Biz ular bilan hamkorlikda işlaymiz. Bundan taşqari, ayrim ma'lumotlar ingliz tiliga ögirilmoqda. Moliya vazirligi, Markaziy Bank va boşqa qator mutasaddi taşkilotlarning ma'lumotlari ingliz tilida ham e'lon qilinişi yölga qöyiladi», – deya ta'kidlagan vazir.
Eslatib ötamiz, 13 fevral kuni Özbekiston moliyaviy tarixida yorqin sanalardan biriga aylandi. Negaki Özbekiston mustaqil tarixida birinçi marta 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylaştirdi.













