Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belaruslik muxolifatchi Lukashenkoni hibsga olish uchun mukofot puli yig‘ishni boshladi
Ukrainada yashirinayotgan belaruslik muxolifatchi Valeriy Tsepkalo Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni hibsga olgan shaxslarga mukofot puli uchun 11 mln yevro yig‘ish taklifi bilan chiqdi. Ta'kidlanishicha, ushbu aksiya doirasida 2 kun ichida 126 ming yevro yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan.
Belarus prezidenti lavozimi uchun sobiq nomzod bo‘lgan Tsepkalo «Hammasi yoki hech nima» deb nomlangan aksiyani e'lon qilgan. Undan Lukashenkoni hibsga olgan shaxslarga himoyalangan tranzaksiya bilan 11 mln yevro o‘tkazib berish maqsad qilingan.
Muxolifatchining ta'kidlashicha, pullarni «1-raqamli jinoyatchini» qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ladigan huquq-tartibot idoralari yoki fuqarolik jamiyati vakillari olishlari mumkin bo‘ladi. Uning aytishicha, Lukashenko hibsga olinishi bilan pullar maxsus hisobraqamga o‘tkaziladi. U, shuningdek, Belarus huquq-tartibot idoralari va davlat tizimida mamlakatdagi musibatlarning bosh sababchisi kimligini anglovchi odamlar ko‘pligiga umid bildirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kun ichida Lukashenkoni hibsga olish uchun 225 kishi 126 ming yevrodan ko‘proq pul ajratgan.
2020 yil yozida Ukrainaga ketgan Tsepkalo Belarusda qidiruvga berilgan. U poraxo‘rlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026