Uchta kompaniya Pekindagi maxsus ajratilgan yo‘llarda mahsulot yetkazib berishga mo‘ljallangan haydovchisiz avtomobillari harakatlanishi uchun ruxsat oldi, deb xabar bermoqda Jiemian portali.

Ruxsatnoma Dasin rayonidagi texnik-iqtisodiy rivojlanish hududida amal qiladi. E-Town deb nomlanuvchi mazkur hudud maydoni 60 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

JD.com, Meituan va Neolix kompaniyalarining haydovchisiz avtomobillariga maxsus davlat raqamlari berildi.

Shahar hokimiyati shartiga ko‘ra, yetkazib beruvchi robot-avtolar motorsiz transport vositalariga tenglashtirildi. Ularning harakatlanishini sug‘urtachi operatorlar kuzatib turishi talab qilinadi.