Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘chqorov pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy sabablaridan birini aytdi
Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar mamlakatga ijobiy iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga imkon berdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov aytib o‘tdi.
Foto: KUN.UZ
«Pandemiyaga qaramay, biz erishgan iqtisodiy o‘sish pandemiya boshlanishidan oldin amalga oshirilgan islohotlarning natijasidir», dedi Qo‘chqorov kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyoti 2019 yilga nisbatan 1,6 foizga o‘sdi. Pandemiyaning salbiy ta'siriga qaramay, 2020 yilda davlat budjeti daromadlari 128,7 trillion so‘m prognozga nisbatan 132,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Daromadlar 2019 yilga nisbatan 20,8 trln so‘mga o‘sdi.
Qo‘chqorov pandemiya iqtisodiy siyosat kun tartibiga bir qator jiddiy o‘zgarishlar kiritganini ta'kidladi. Natijada, 2020 yilning dastlabki uch choragida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash va pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha iqtisodiy choralar bilan band edi.
Shunga qaramay, vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumatda «davom ettiriladigan qat'iy islohot dasturi mavjud».
«Mamlakat rahbariyati aynan iqtisodiy islohotlar iqtisodiy o‘sish, odamlar farovonligini yuksaltirish va kambag‘allikni kamaytirish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bizning oldimizda iqtisodiy o‘sish va aholi jon boshiga YaIMni oshirish bo‘yicha juda katta vazifalar turibdi», dedi Qo‘chqorov.
Mavzuga oid
11:30 / 10.12.2025
Yangilangan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi mumkin
14:41 / 03.12.2025
“Hech kim bizga kredit bermasdi” - Jamshid Qo‘chqorov avvalgi ma’muriyat davridagi budjet profitsiti haqida
11:04 / 19.11.2025
«O‘zbekiston 2030 yildan ertaroq o‘rtachadan yuqori daromadli davlatlar guruhiga kirishi mumkin» - Jamshid Qo‘chqorov
18:15 / 17.11.2025