«Kimgadir yaxşilik qilaman, deb yomonlik qilayotganimni anglab yetmaganman»
Odam savdosi bilan şuğullanganman. Aldov yöli bilan qizlarni çet elga çiqarganim uçun jazo muddatini ötayapman. Kimgadir yaxşilik qilaman, deb, aslida, yomonlik qilayotganimni anglab yetmaganman. 6 yil-u 4 oydan beri şu yerdaman. Jazo muddatini ötayotganimda özim uçun töğri xulosalar çiqardim. Öşa payti yoş bölganman. Köp narsalarga aqlim yetmagan, qilayotgan işim xatoligini bilmaganman.
«Bolalarimni erkalasam, biz katta bölib qoldik, deyişadi»
Koloniyada bölgan davrimda juda köp yöqotişlarga duç keldim. Çunki birin-ketin akalarim olamdan ötdi. Oilada farzandlarim ona mehrini körmay katta bölyapti. Nazarimda, farzandlarim hali yoş. Qamalgan vaqtimda ularning bolaligi haliyam köz öngimda qolgan. Qisqa va uzoq muddatli uçraşuvlarga kelişadi. Ular mensiz ulğayişmoqda. Ularni erkalasam, oyijon, biz katta bölib qoldik, deyişadi.
Farzandlarimning oyijon, qaçon oldimizga qaytasiz, deb söraşlari meni haqiqatan qiynaydi. Bu yerda meni faqat soğinç azobi qiynaydi. Yillar davomida oilam, qarindoşlarim qadriga yetdim. Ularsiz hayotda yaşaş juda qiyin ekan. Onam, yaqinlarim, farzandlarim uçun kuraşişga, ular uçun yaşaşga intilaman.

«Qanday yaşaş tanlovi faqat öz qölimizda»
Har bir inson qandaydir xato qilsa, faqat özi sababçi böladi. Biz taqdirimiz şu ekan, deb qöyamiz. Yöq, unday emas. Alloh yozgan, buyurgan bölişi mumkin, lekin inson baribir öz taqdirini özi boşqarar ekan. Mana şu xatolarga yöl qöyib koloniyaga kelişimga, tört devor orasida ötirişimga özim aybdorman.
«Boriga şukr qilmadim»
Onam, turmuş örtoğim aytganlariga könmadim. Boriga şukr qilmadim. Turmuş örtoğim topganiga sabr qilmadim. Kimdandir köproq yegim-içgim, kiygim keldi. Öşa paytlari juda katta xatolarga yöl qöyganman. Mana şu qilganlarim jabrini şunça yildan beri tortib kelyapman.

Bozorda savdo qilardim. Turkiyaga borib tovar olib kelardik. Öşa yerda bir özbek ayol bilan tanişganman. U Turkiya fuqaroligini olgan edi. Asli samarqandlik ayol. Turkiyaga borsam, öşa ayolning uyiga borardim, öşa yerdan bozorga borib, tovarlar olib kelardim. Şunday qilib taniş bölib ketgandim. 1,5 yilça vaqt ötgaçgina u qizlarni uyida saqlaşini bilganman. Çunki men qizlar turadigan uyga emas, özi yaşaydigan uyiga borganman. U meni qizlar turadigan joyga olib borgandan keyin qilayotgan işi haqida aytib berdi va meni ham şu işga taklif qildi.










