Hindistondan keyin Misrda ham «qora moğor» – mukormikoz kasalligiga çaliniş böyiça 7ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat şimolida joylaşgan Zakazik universiteti rektori Usmon Şa'lyon ma'lum qildi.
Hozirda zamburuğli kasallikka çalingan bemorlar aynan şu universitet şifoxonasida davolanişmoqda.
Şa'lyonning ta'kidlaşiça, «qora moğor»ga çaliniş holatlari Şarqiya viloyatida kasalliklar, jumladan, koronavirusga çaliniş oqibatida immuniteti kuçsizlangan odamlarda qayd qilingan. «3 nafar bemorda moğor bilan kasallangan tana a'zolarini olib taşlaş böyiça jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Bir bemor öta oğir ahvolda, qolganlarning holati barqaror», deb ma'lum qilgan universitet rektori.
«Qora moğor» sporalari tuproq, çang va organik çiriş mahsulotlarida saqlanadi. Uşbu zamburuğ odam organizmiga aksariyat holatlarda öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalari orqali tuşadi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, mukormikoz boşqa zamburuğlar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod ta'minotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda. Kasallik, şuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uçramoqda. Uşbu infeksiya köz, öpka va burun-halqumni şikastlaydi.
Ayni vaqtda Hindistonda uşbu kasallikka çalinganlar soni 11 mingdan oşib ketdi.

















