Oliy Majlis qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odil Tojiyev Kun.uz muxbirining söroviga javoban, qonun loyihasi böyiça öz munosabatini bildirdi.

«Mavzuga e'tibor qaratilganidan xursand böldik, ammo yondaşuv faqat bir yoqlama ekani meni taajjubga solyapti.

Xöş, vaziyatga nazar solaylik.

Birinçi qadam

«Reklama töğrisida»gi Qonun loyihasining ijodkori Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi bölib, taşabbuskor sifatida Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritildi.

Ikkinçi qadam

Belgilangan tartibda loyiha Qonunçilik palatasi muhokamasiga konseptual jihatdan qöyildi. Sodda qilib aytganda: «Bizga şu sohani tartibga soluvçi yangi qonun kerakmi?» tarzida masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Tomonlar öz fikrini himoya qilişdi, kutilayotgan natijalar tahlilga tortildi.

Uçinçi qadam

Köpçilikning qöllovi bilan loyiha «Ha, sohani yanada rivojlantiriş kerak», degan qarorga kelindi, ya'ni konseptual jihatdan qabul qilindi. Böldi. Mana şu bosqiçdan boşlab biz qonun ijodkorligi nuqtai nazaridan «Reklama töğrisida»gi Qonun loyihasini moddama-modda, sözma-söz çiğiriqdan ötkazyapmiz. Çinakam mehnat mana şu oraliqda böladi», – dedi u.

Vitse spikerga köra, uning özi ham «Reklama töğrisida»gi Qonun loyihasi töğrisida şaxsiy takliflarini tayyorlab qöygan.

«Şulardan birini oçiqlayman. Loyihaning 18-moddasiga köra, yangiliklar töğrisidagi axborot-tahliliy körsatuvlarda, reklama roliklari va bloklarida, teleradiodasturlarning anonslari va bloklarida homiylik va hamkorlikka yöl qöyilmaydi, degan çeklov berilgan. Uşbu çeklov normasi mutlaqo notöğri, çiqarib yuborilişi lozim! Soha vakillari fikriga köra, agar uşbu norma qabul qilinsa, nodavlat telekanallarga yiliga eng kamida 10 mlrd söm zarar keltiradi. Kamiga soliqlardan şakllanadigan Respublika budjeti qisman zarar köradi. Bu endi-endi rivojlanayotgan nodavlat tele va radiokanallarning «oyoğiga bolta uriş» degan gap!