Dunyoda har yili 300 ming bolada onkologik va gematologik xastalik taşxisi aniqlanadi. Ularning uçdan bir qismi hayotdan köz yumadi. Bu kasalliklar bolalar ölimiga sabab böliş böyiça ikkinçi örinda (birinçi örinda - jarohatlar) turadi.

2020 yilda Özbekistonda 884 nafar bolada saraton kasalligi, 402 nafar bolada esa gemotologik kasalliklar qayd etilgan. 4 505 nafar bola saraton, 2 396 nafar bola qon kasalliklari böyiça dispanser hisobida turadi. Onkologik kasalliklar strukturasida bolalar onkologiyasi 3,7 foizni, leykozlar 19,1 foizni, boş miya va orqa miya ösmalari 17,5 foizni, buyrak ösmalari 7,6 foizni, suyak, böğim xavfli ösmalari 5,6 foizni taşkil etadi. Eng açinarlisi, bolalarda saraton kasalligi kattalarnikiga nisbatan harakatçanroq böladi.

Özbekistonda har yili 800 nafar atrofidagi bolalar saraton kasalligiga çalinadi. Ularning 30 foizigina davolaniş hamda tuzalib ketiş imkoniyatiga ega. Ba'zi rivojlangan mamlakatlarda onkologik xastalikka duçor bölgan bolalarning 80 foizi davolanadi, örta va kam daromadli mamlakatlarda esa bu körsatkiç 15 foizdan 45 foizgaçani taşkil etişi taxmin qilinadi. Bolalarning saratonga çalinişi nimadan kelib çiqişi mumkin? Bu köpçilikni öylantiradigan savol hisoblanadi.

Bolalar milliy tibbiyot markazi gematologiya va onkologiya bölimi mudiri Kamol Iskandarov bolalarda onkologik xastaliklar kelib çiqişiga sabab böladigan omillarni sanab ötdi.

«Bolalarda onkologik kasalliklar yuzaga kelişiga asosan, homiladorlik vaqtida onaning har xil kasalliklarga çalinişi, radiatsiya, kanserogen mahsulotlar iste'mol kiliş, maşinalar va zavodlardan çiqayotgan karbonat angidrid, stress holatlar, bolalarning surunkali kasalliklar bilan oğrigani sabab bölişi mumkin.

Kundan kunga buzilayotgan ekologik muhit ham kasallik köpayişiga sabab bölmoqda. Bu omillar tufayli hujayralarning DNK zanjirida mutatsiya kuzatiladi va hujayraning özgarişiga olib keladi.

Hozirgi vaqtda Özbekistonda onkologik kasalliklarda yaşaş körsatkiçi 30 foizdan kam. Dunyo reytingiga köra, onkologik kasallikdan tuzaliş 70-80 foizdan yuqori. Ayrim nozologiyalarda yaşaş körsatkiçi 95 foizga teng», deydi u.

Saratonning barça turlarida kasallikka qarşi kuraşişning eng samarali usuli – tezkor aniqlaş. Mutaxassislar fikriga köra, buyrak saratonining 1-bosqiçida kasallik aniqlansa, 10 bemordan 9 nafari yaşab ketadi. Bu kasallikning öz vaqtida aniqlanişi bemorlarning 50 foizi hayoti saqlab qolinişiga sabab böladi. Ammo respublika viloyatlarida erta taşxis qöyiş uçun asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari yetarli bölmagani sabab kasallikni 1-bosqiçda aniqlaş imkoniyati yöq edi. Bemor poytaxtga yetib kelguniga qadar esa kasallik 3-4 bosqiçlarga ötib ketişi mumkin.