«Real» uchun Fergyuson bo‘lolmagan
Zinedin Zidanga o‘rinbosar qidirish ishlari kutilmagan natija bilan yakunlandi. Massimiliano Allegri taklif berishda hayallagan «Real» rahbarlarini kutib o‘tirmay, «Yuventus» bilan kelishuvga erishgach, ko‘pchilik qaymoqranglilar jamoasi bosslari klub afsonasi— Raulga yuzlanishini kutishgandi. Yaqin o‘tmishda jamoaning asosiy forvardi bo‘lgan sobiq futbolchi madridliklarning ikki jamoasi boshqaruvida o‘zini ko‘rsatdi va jamoa bilan UYeFA Yoshlar ligasida g‘olib chiqdi. Ammo birdan Raulning familiyasi axborot maydonidan yo‘qolib qoldi va yakunlangan mavsumda «Lill» sensatsion ravishda Fransiya chempionligiga olib kelgan Kristof Galte nomzodi haqida gapira boshlashdi.

Yakunda «Real» prezidenti Florentino Peres tajriba qilib o‘tirmaslikka qaror qildi va «Santyago Bernabeu»ga yillar sinovidan o‘tgan Karlo Anchelottini qaytardi. «Qirollik klubi»ga uzoq kutilgan desimani — Chempionlar ligasidagi o‘ninchi g‘oliblikni taqdim etgan inson. Turnir tarixidagi eng sovrindor jamoa bo‘lgan «Real» bungacha o‘n ikki yil mobaynida bu sovrinni qo‘lga kirita olmayotgandi. Lissabondagi o‘sha final Serxio Ramosning qo‘shimcha daqiqalardagi qutqaruvchi goli va overtaymda «Atletiko» nokautga uchratilishi (4:1) bilan yodda qolgandi.

Anchelotti barchaga birdek yoqib qolgandi — futbolchilar, muxlislar, matbuot. Peres esa kiyim almashtirish xonasida bunday fantastik muhitni avval hech qachon ko‘rmaganini aytib, italiyalik bu mutaxassis «Real» uchun o‘z Aleks Fergyusoni bo‘lishini orzu qilishini aytadi. Ammo shotlandiyalikka muvaffaqiyatsizliklar vaqtida imkon berishgan, Peres esa kechirmaydi. Anchelotti 2014/15 yilgi mavsumda sovrinsiz qolganida, unga shartnomasini oxiriga yetkazib qo‘yishiga imkon bermasdan, eshikni ko‘rsatib qo‘yishadi.

Bu Peresning prezidentligi davrida ishdan bo‘shatilgan o‘ninchi murabbiy edi. Italiyalik murabbiyning iste'fosidan keyin madridliklar rahbari ohangni o‘zgartiradi va yuqori marralar olish va rivojlanish uchun yangi impuls haqida gapira boshlaydi. Peres murabbiyga jarohatlar epidemiyasi xalal bergani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, yakunlangan mavsumda Zidan ham shu kabi muammolar bilan to‘qnashgandi. Prezident o‘shanda futbolchilarning, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Anchelotti bilan quchoqlashib tushgan rasmini qo‘yib, yana qachondir birga ishlashdan umid qilishini bildirgan Krishtianu Ronalduning reaksiyasini ham e'tiborsiz qoldiradi.

Aynan o‘shanda Peresning qaroridan g‘azablangan portugaliyalik «Real»dan ketish haqida ilk bor o‘ylay boshlagandi. Vaqti kelib bu baribir sodir bo‘lganida — Zidan bilan birga kechgan uch fantastik mavsumdan keyin, — Ronaldu Anchelotti bilan maslahatlashib «Yuventus»ga yo‘l oladi.