Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qatnovlar 2019 yilning 25 sentabr sanasidan yo‘lga qo‘yilgan edi. 2020 yilda respublika hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

Davlat chegaralarini kesib o‘tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O‘zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lishi talab etiladi.