Suriya inson huquqlariga amal qilinişini kuzatiş markazi (SOHR)ning baholaşiça, mamlakatda 2011 yilda boşlangan fuqarolik uruşi davomida 494 ming 438 kişi halok bölgan. Qurbonlardan 160 mingga yaqini tinç aholi, jumladan, 25 mingi 18 yoşga tölmagan bola bölgan.
Bundan taşqari, halok bölganlardan 80 mingini suriyalik isyonçilar, 91 mingini Suriya armiyasi harbiylari, 40 mingini IŞID va 28 mingini «Hayat Tahrir aş-Şom» terrorçi taşkiloti jangarilari taşkil qilgan.
Markaz rahbari Rami Abdulrahmonning ta'kidlaşiça, uşbu ölimlardan aksariyati 2012 yil oxiridan 2015 yil noyabrigaça yuz bergan. Şuningdek, markaz 42 mingdan köproq kişi Suriya turmalarida qiynoq oqibatida halok bölganini tasdiqlagan.
SOHR’ning baholaşiça, 10 yillik uruş vaqtida 2,1 mlndan köproq oddiy suriyalik turli darajadagi jarohatlar olgan yoki nogiron bölib qolgan. 13 mlnga yaqin tinç aholi doimiy yaşaş joyini taşlab ketişga majbur bölgan.

















