Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobodda sholi yetishtirish uchun yer ajratib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi
U fuqaroning ishonchiga kirib, 21 million so‘mga yer olib berishni va'da qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonobod shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari muhofaza hududiga qarashli bo‘lgan 0,36 gektar yer maydonida uzoq muddat davomida sholi yetishtirishda foydalanish uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 21 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijonning ikki tumanida yer sotish bilan bog‘liq holat aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026