Rossiyadagi quriliş obektlarida mehnat migrantlari bilan boğliq vaziyat ayançli darajaga tuşib qolmoqda. Bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya boş vaziri örinbosari Marat Xusnullin ma'lum qildi.
«Hozir migrantlar va mehnat resurslari bilan boğliq vaziyat halokatli darajaga yetmoqda. Mehnat resurslari narxi 50—100 foizga oşdi. Bundan taşqari, bizda pul yöq, bizda odamlar yöq», deya ta'kidladi Marat Xusnullin.
Boş vazir örinbosarining sözlariga köra, koronavirusga qarşi kuraş böyiça ştabning sönggi yiğilişida Rossiya quriliş maydonlarida işlaşga tayyor bölgan xorijiy işçilarning mamlakatga kirişi böyiça amaldagi tartibni soddalaştirişga oid taklif tayyorlangan.
Avvalroq, Rossiya hukumati xorijiy mehnat migrantlarining rus tili, tarixi va Rossiya qonunçiligiga doir bilimlari böyiça minimal talablar darajasini tasdiqlagani xabar qilingandi.

















