«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ axborot xizmati rasmiy bayonot berdi. Unga köra, «2021 yil 4 iyun kuni soat 22:16 da «Tolimarjon IES» AJga qaraşli energoblok avariyaviy holatda töxtaganligi sababli elektr energiya ta’minotida uzilişlar kuzatildi» mazmunida tarqalgan xabarlar asoslanmaganligi qayd etilgan.

4 iyun kuni soat 22:17:45da «Tolimarjon IES» AJdan 18,5 km uzoqlikdagi «Özbekneftgaz» AJ tizimidagi «Şörtan» podstansiyasidan çiquvçi 220 kV li elektr uzatiş tarmoğida uzoq muddatli (4,7 sekund) qisqa tutaşuv yuzaga kelganligi sababli 220 kV kuçlanişli tarmoqqa kuçlanişi 35 kV gaça kamayişiga olib kelgan. Natijada, «Tolimarjon IES» AJning 1-sonli energobloki hamda 2-sonli buğ-gaz qurilmasining avtomatik himoya tizimi muvaffaqiyatli işga tuşgan.

Mazkur «Şörtan» podstansiyasidan çiquvçi 220 kV li elektr uzatiş liniyasida qisqa tutaşuv sodir bölişiga avto-texnikalarning 220 kV li elektr uzatiş tarmoğiga ruxsat etilmagan masofagaça yaqinlaşişi oqibatida tarmoqdan yerga uzoq muddatli qisqa tutaşuv sodir bölgani sabab bölgan deb aytilmoqda.

«Tolimarjon IES» AJdagi energobloklarning avtomatik himoya tizimi yuz bergan uşbu tutaşuv natijasida energobloklarni töxtatmaganda, bu elektr energiyasi uzatiş tizimida juda katta miqdordagi texnikaviy va moliyaviy talofatlarga sabab bölişi mumkin. 

Voqea yuz bergan vaqtning özida tizim işini tiklaş uçun barça imkoniyatlar işga solinib, «Tolimarjon IES» AJ  2-sonli buğ-gaz qurilmasi 5 iyun soat 00:58 da işga tuşirilişiga erişilgan.

Soat 10:14da stansiyadagi 1-sonli energoblok qaytib işga qöyilgan va ayni paytda töliq quvvatlarda işlamoqda.

«Tolimarjon IES» AJ işlab çiqarayotgan elektr energiyasining örnini qoplaş uçun «Toşkent IES» AJ, «Navoiy IES» AJ va «Sirdaryo IES» AJ lardagi zahira energobloklar qöşimça quvvatlar yetkazib beriş uçun energotizimga ulandi, deyiladi bayonotda.

IES AJ axborot xizmati bayonot söngida keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söradi.