Ma'lum qilinishicha, joriy yil 7 iyun kuni soat 21:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 1288-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH ro‘y bergan.

Dehqonobod tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan B.R. o‘z boshqaruvidagi «Nexia-3» mashinasi bilan Termiz-Qarshi yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda yo‘lni kesib o‘tayotgan, shu tumanning «O‘zbekiston» MFY Jonabuloq qishlog‘ida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan A.E.ni urib yuborgan.

Oqibatda A.E. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Qashqadaryoda uxlab qolgan haydovchi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etdi

Qarshi shahrida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Neksiya»ga urilgan «Jiguli» haydovchisi vafot etdi