Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabariga köra, morxör yöq bölib ketiş xavfi ostida qolgan, «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob hayvon hisoblanadi. U asosan Surxondaryoning Köhitang, Boysuntoğ, Bobotoğ toğ tizmalarida tarqalgan. 1950–1970 yillarda köp ovlanişi natijasida keskin kamayib ketgan.

Keyingi yillarda Surxon davlat qöriqxonasida olib borilgan muhofaza çoralari tufayli morxörlarning soni asta-sekin köpayib bormoqda. Çunonçi, qöriqxona xodimlari tomonidan joriy yilda ötkazilgan sanoqda morxörlar soni 600tadan oşiqligi aniqlangan.

Surxon davlat qöriqxonasi birinçi toifadagi muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi. Qöriqxona 1986 yilda yöqolib ketayotgan turlarni saqlab qoliş, köpaytiriş, tabiatga antropogen ta’sirni kamaytiriş maqsadida taşkil etilgan.

Bugungi kunda qöriqxona hududi 23 ming 802 gektarni taşkil etadi. Qöriqxona Köhitang toğining şarqiy yonbağirlarida joylaşgan bölib, hududi Surxondaryo viloyatining Şerobod tumaniga qaraydi. Ğarbiy qismi Turkmaniston çegarasi bilan tutaşib ketgan.