2021 yil 26-27 may kunlari Toshkentga navbatdagi ish safari doirasida «VEON» kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori, «Unitel» MChJ (O‘zbekistondagi «Beeline» SB) kuzatuv kengashi raisi janob Kaan Terzioglu boshchiligida «VEON» kompaniyalari guruhi delegatsiyasi davlat idoralari rahbarlari va mas'ul xodimlari bilan turli vazirlik va tashkilotlarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibiga «VEON» kompaniyalari guruhining maslahatchisi Boris Tadich, «VEON» kompaniyalari guruhining huquqiy qo‘llab-quvvatlash, hukumat bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish va komplayens bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti («Vimpelkom» OAJ) Viktor Biryukov, «Beeline Uzbekistan» bosh direktori Andjyey Malinovski va «Beeline Uzbekistan»ning davlat idoralari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Sardor Muxamedaliyev kirdilar.

Ish kuni tartibi Rossiyaning O‘zbekistondagi qayta tayinlangan elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuvdan boshlandi. Diplomatga «Beeline Uzbekistan» yangi bosh direktori Andjyey Malinovski tanishtirildi. Kelajakda o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun yana bir bor ikki tomonlama kelishuv tasdiqlandi.

Yana bir muhim uchrashuv – Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning internet-makonini liberallashtirish, «Beeline Uzbekistan»ning mamlakatning raqamlashtirishda ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar respublikaning ushbu sohadagi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirdilar. «VEON» kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda kompaniya O‘zbekistonga 50 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan va internet foydalanuvchilari uchun xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilangan. Xalqaro telekommunikatsiya xoldingi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni tashkiliy va institutsional asoslarini takomillashtirish, profil infratuzilmasini rivojlantirish, keng polosali internetdan foydalanishni kengaytirish, mobil aloqa tarmog‘ini va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarida ishtirok etishda tayyorligini ta'kidladi. Uchrashuv yakunlarida ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kelishib olindi.