Toşkent davlat yuridik universiteti katta öqituvçisi, «Biznes lawers group» advokatlik firmasi rahbari, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Razzoq Altiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida advokatura muammolari va sohani rivojlantiriş istiqbollari haqida töxtalib ötdi.

«IIV va DXXdan köra, prokuraturaga ijobiy baho bergan bölardim»

— Özbekistondagi tergov organlari – içki işlar, DXX va prokuratura faoliyatiga qançalik baho berasiz? Ulardan qaysi biri demokratik fuqarolik jamiyatiga eng faol va tez moslaşyapti?

— Bugungi jamiyatning rivojlaniş tendensiyasiga moslaşuv tergov organlarining har birida qisman bölsa ham bor. Lekin qaysidir holatlarga köra, prokuratura organlarini ijobiy baholagan bölardim. Sababi, ular iltimosnoma kiritilsa yoki tergov organlari bilan böladigan jarayonlarda advokatlar huquqlarining ta'minlab berilişi, advokatga xalaqit qilmaslik jihatlari böyiça boşqa organlarga nisbatan özining ança namunali pozitsiyasini körsatib keladi.

Boşqa tergov organlarida ham muammoli jihatlar juda köp deyolmayman, lekin ayrim istisnoli holatlar bölib turadi. Bu ba'zi holatlarda tuşunmovçilik natijasida, ba'zida tergovçining saviyasi bilan ham boğliq bölişi mumkin.

«Tergov organi binosiga kirişdagi tartib advokatni obrösizlantiradi»

— Özbekistonda huquq himoyaçilari, ya'ni advokatlarning özlarining huquqlari qançalik ta'minlangan?

— Özbekistonda advokatlar huquqlarini ta'minlaş böyiça muammolar mavjud. Buni inkor qilib bölmaydi. Ayniqsa, bu jarayon tergov organlari binolariga kiriş jarayonlarida juda seziladi. Töğri, bugungi kunda sud binolariga mobil telefonlar yoki kompyuterlar bilan kiriş çeklovlari olib taşlangan, bu borada biz sud organlariga erkin kirib çiqamiz. Lekin tergov organlariga kirib çiqişda bu borada muammolar kuzatiladi.

Yaqinda şunday holat böldi: bir çet ellik investorni tergovga olib kiriş jarayonida «mobil qurilmalaringni topşir», degan talab böldi va maxsus vositalar orqali bizning çöntaklarimizni tekşirişdi. U çet ellik fuqaro, bunga tuşunmadi va hayron bölib söradi. Biz esa unga bu odatiy tartib ekanini tuşuntirdik. U «Nima uçun sening qurilmalaringni olib qöyişyapti?» deb söradi. Men esa içkarida ovoz va video yozib oliş mumkinmasligini aytdim. U esa «Yozib olişdan nega qörqişadi? Hozir içkarida biror noqonuniy harakat böladimi?» deb yana hayron böldi.