Özbekistonning ikki janubiy viloyatidagi şaharlar «Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş» loyihasi doirasida öz xizmatlari va infratuzilmalarini yaxşilaşi mumkin. Jahon banki direktorlar kengaşi loyihaning uşbu komponentini amalga oşiriş uçun 100 million AQŞ dollari miqdorida qöşimça mablağ ajratişni tasdiqladi. Jahon banki guruhi a’zosi bölgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi uni Özbekiston hukumatiga juda past foizda va 30 yilgaça bölgan muddatga imtiyozli kredit şaklida taqdim etadi.
Qöşimça moliyalaştiriş Jahon banki moliyaviy kömagi bilan 2019 yildan buyon Buxoro (Kogon şahri), Namangan (Çortoq şahri), Toşkent (Yangiyöl va Piskent şaharlari) viloyatlarida amalga oşirilayotgan loyihaning geografik kölamini kengaytiradi.
Loyiha yangi komponenti böyiça tadbirlar Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining alohida örta şaharlarini qamrab oladi. Mamlakat uşbu qismidan loyihada iştirok etadigan şaharlar yakuniy röyxati viloyat va şahar ijro hokimiyatlari bilan maslahatlaşuvlar tugaganidan söng keyingi 6 oy içida tasdiqlanişi rejalaştirilgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari va imkoniyatlari hisobga olinadi.
Uşbu ikki viloyatda loyihada iştirok etadigan örta şaharlar maxsus investitsion rivojlaniş dasturlarini amalga oşirişni moliyalaştiriş uçun mablağ oladi. Ular tarkibiga şahar infratuzilmasi va tegişli xizmatlarni takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar kiradi.
Masalan, uşbu dasturlar doirasida quyidagilar moliyalaştirilişi mumkin:
- suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillaştiriş va kengaytiriş;
- elektr infratuzilmasi va köçalarni yoritiş, avtomobil yöllari, piyodalar va jamoat transporti zonalarini modernizatsiya qiliş;
- jamoat binolari energiya samaradorligini oşiriş;
- jamoat joylarini, boğlarni, köçalarni va ularning tegişli infratuzilmasini rekonstruksiya qiliş;
- tegişli aholi punktlari hududida madaniy meros obektlarini saqlab qoliş böyiça restavratsiya işlarini olib boriş.
Loyiha doirasida tegişli şaharlarni rivojlantiriş böyiça investitsion dasturlar yuqori ekologik standartlarga muvofiq amalga oşiriladi. Şuningdek, u jamoat joylarining hammaga, jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar har bir kişiga oçiq bölişini ta’minlaydigan tösiqsiz muhit yaratişga qaratilgan.

















