Yonğinni 2020 yil sentyabrda lagerda yaşagan 6 nafar afğonistonlik u yerdagi karantin çoralariga norozilik sifatida uyuştirgandi. Lager butkul yöq bölgan va bir keça içida unda yaşagan 12 mingdan ortiq qoçqin boşpanasiz qolgan. Yonğin vaqtida lagerda tartibsizliklar yuz bergan va muhojirlar öt öçiruvçilarga yonğinni bartaraf etişda tösqinlik qilişgan.
Avvalroq, 2021 yil martida yonğinni uyuştirişda iştirok etgan 2 nafar baloğatga yetmagan ösmirga hukm çiqarilgan va ular 5 yillik qamoq jazosi olişgan.
Gretsiya hukumati öz hududidagi qoçqinlar lagerlari haddan ziyod tölib-toşgani sababli bir neça marta tanqid qilingan. Jumladan, Moria 3 minggaça qoçqinni qabul qilişga möljallangan bölgan. Öz navbatida, Afina tobora köproq kelayotgan qoçqinlarni saqlaş uçun mablağlarga ega emasligini aytgan va Yevropa Ittifoqi böyiça hamkorlaridan kömak körsatişni talab qilgan. Yonğindan keyin lagerda yaşagan köplab qoçqinlar Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan boşpana olgan.
2021 yilda Gretsiya orollarida saqlanayotgan qoçqinlar bilan boğliq vaziyat ança yaxşilangan. U yerdagi muhojirlar soni aprelda 9600gaça qisqargan, vaholanki bir yil avval ular soni 40 minggaça yetgan. Ularning soni sezilarli kamayişiga pandemiya vaqtida Turkiya orqali amalga oşiriluvçi noqonuniy migratsiya oqimi kamaygani, grek çegaraçilarining muhojirlarni qöymaslik böyiça qat'iy harakatlari hamda qoçqinlarning bir qismi Gretsiyaning qit'adagi qismida taqsimlangani sabab bölgan.

















