Unga köra, endilikda 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hamda muqaddam çet davlat fuqaroligida bölmagan şaxs xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Şuningdek, Özbekistonda tuğilgan fuqaroligi bölmaganlarga fuqarolik oliş uçun uzluksiz 5 yil yaşaş talabi bekor qilindi.
Bundan taşqari, ota-onasidan biri (yolğiz otasi yoki onasi) Özbekiston fuqarosi deb tan olingan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Özbekistonda yaşab kelayotgan bola xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Ma'lumot uçun, Davlat dasturida 2021 yil 1 maydan Özbekistonda 15 yil doimiy yaşab kelgan şaxslarga fuqarolik berilişi aytilgandi. Biroq mazkur topşiriq ijrosi yuqoridagi qonunni qabul qiliş keçikkani tufayli ortga surildi.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 13 mart kuni imzolangan «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonun bilan, 1995 yilga qadar Özbekistonga kelgan va şundan buyon mamlakatda muqim yaşayotgan şaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik berilişi belgilanib, bu yangilik ortidan 2020 yilda 8310 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingandi.

















