Buxoro viloyati Kogon şahrida inson hayoti va salomatligiga xavf soluvçi iste'molga yaroqsiz yoğ mahsulotini sotayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining navbatdagi tezkor tadbirida Kogon şahar «Sohibkor dehqon bozori» MÇJ avtoturargohida şaharning Adolat mahallasida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan Z.H. ismli şaxs qölga olingan. U özga bir şaxsga qölbola usulda çigitdan olingan har bir litr yoğni 30 ming sömdan sotişga kelişib, 120 litr yoğni 3 million 550 ming sömga sotayotgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xulosasiga köra Z.H.dan tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan 120 litr juvoz yoği inson hayoti va soğliğiga xavf soluvçi hamda iste'molga yaroqsiz bölgan. Xulosada uşbu yoğ mahsuloti iste'mol qilinganda oşqozon va jigar a'zolariga salbiy ta'sir etib, ötkir va surunkali zaharlaniş holatlarini keltirib çiqarişi mumkinligi körsatilgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Z.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186²-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.