«Özavtosanoat» botidan olingan skrinşotda Toşkent şahar hokimiyati tomonidan narxi 116 mln 495 ming sömlik Cobalt avtomaşinasiga berilgan buyurtma aks etgan. Suratda buyurtma 15 iyun kuni 5 ming 435 örinda berilgani va maşina öşa kunning özida tayyor bölgani körinadi.

Şu sababli tarmoq foydalanuvçilari navbatda turgan 5 ming 435 nafar aholi nega kutişi-yu, hokimlik maşinani navbatsiz va bir kunning özida olişi borasida e'tiroz bildirişmoqda.
Kun.uz muxbiri mazkur holat yuzasidan izoh oliş maqsadida «Özavtosanoat»AJ bilan boğlandi. Kompaniya manbasi bu masala böyiça alohida munosabat bildirilişini, hozirda örganiş işlari olib borilayotganini ma'lum qildi.
Xöş, minglab odamlar buyurtmasi tayyor bölişini kutayotganda davlat taşkiloti navbatsiz xarid qilişga haqlimi? Kun.uz kompaniyadan mazkur savolga javob kutadi.
















