Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda koreyalik investorlar tibbiy markaz bunyod etishadi
Qo‘qon shahrida Janubiy Koreya texnologiyalariga asoslangan bolalar tibbiy markazi barpo etiladi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Janubiy Koreya tibbiyot sohasi mutasaddilari va ishbilarmonlari o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan.
Muzokaralarda ishtirok etgan Yonsey universiteti professori Myung Ken Li mamlakatlarimiz o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan, taklif etilgan bolalar tibbiy markazi Janubiy Koreya hukumati mablag‘lari hisobidan qurilishi mumkin ekanligini ta'kidlab, bu borada ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Shahar hokimi loyiha taklifi mutasaddilar tomonidan o‘rganib chiqilishini bildirib, tez orada uni hayotga tatbiq etish choralari ko‘rilishini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq, Qo‘qon shahrida 23-24 iyun kunlari Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishi va Turizm bo‘yicha ishchi guruhning XV yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:26 / 03.06.2026
Qo‘qonda yirik miqdordagi gashish va «Regapen» musodara qilindi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026