Ma'lum qilinişiça, uçraşuvda hozirda Misrda ta'lim olayotgan özbekistonlik yoşlar, bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularni diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy ta'siridan himoyalaş böyiça fikr almaşildi.

Şuningdek, tomonlar inson va bola huquqlarini ta'minlaş böyiça hamkorlik memorandumini imzolaşga kelişib oldi. Misrga taşrif doirasida Aliya Yunusova Qohirada istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolari bilan ham uçraşdi.

“Suhbat davomida Bola huquqlari böyiça vakil hamyurtlarimizning turmuş tarzi, mehnat faoliyati va farzandlarining ta'lim-tarbiya olişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi. Şu bilan birga, A.Yunusova Misrda yaşayotgan özbek ayollar va qizlar bilan suhbatlaşib, ularga bolalar huquqlarini himoya qiliş, uşbu sohadagi Özbekiston qonunçiligi böyiça tuşuntirişlar berdi,” – deyiladi rasmiy xabarda.

Kun.uz ombudsmanning Misrga taşrifi sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan uşbu davlatda ta'lim olayotgan özbekistonliklar bilan yuzaga kelgan muammoga qançalik aloqasi borligini biliş uçun taşkilot matbuot xizmati bilan boğlandi. Ombudsman matbuot kotibi Bolalar ombudsmanining taşrif rejasidan töla xabardor emasligini, taşrif yakunlanib, delegatsiya Özbekistonga qaytgaç batafsil ma'lumot berilişini ma'lum qildi.