Samarqand viloyatining jinoyatçilik örtaça eng köp sodir böladigan hududi Kattaqörğon şahri ekani ma'lum böldi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov jinoyatçilik va qonun buzilişlariga qarşi kuraş tahlili mavzusida ötkazilgan yiğilişda aytdi.

Yiğilişda Turdimov jinoyatçilik körsatkiçlari eng yuqori bölgan hududlarni sanadi. Unga köra, Kattaqörğon şahrida har 100 ming kişiga örtaça 121 tadan jinoyat sodir etilgan. Bu borada keyingi örinlarda Samarqand şahri (92 ta), Oqdaryo (72 ta) va Jomboy (72 ta) qayd etilgan. Oldi olinişi mumkin bölgan jinoyatlar eng köp Toyloq, Jomboy, Qöşrabotda sodir etilgan.

Viloyat hokimi boşçiligidagi yiğilişda barça huquqni muhofaza qiluvçi organlarning hududiy rahbarlari, xususan, DXX Samarqand viloyat boşqarmasi rahbari Abduğofur Ahmedov viloyat prokurori Ravşan Maşaripov va IIB rahbari Şavkat Rahmonov qatnaşgan.