“Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta'minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2021 yil 1 sentyabrgaça oçiq ma'lumotlar portali davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinadi.
2021 yil 1 avgustgaça Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi rasmiy veb-saytida va Portalda Ov qiliş va ovçilik xöjaliklari töğrisidagi axborot bazasi işga tuşiriladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi zimmasiga qöşimça vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:
- davlat organlari va taşkilotlarining ma'lumotlarni Internetga joylaştiriş majburiyatlari hisobini yuritadi;
- murojaatlardan kelib çiquvçi davlat organlari va taşkilotlarining oçiqligi va şaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga çiqaradi.
“Davlat sirlarini saqlaş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi.
2021 yil 1 dekabrdan:
- yil yakunlari böyiça davlat organlari va taşkilotlarining Oçiqlik indeksi aniqlanadi;
- quyidagi tadbirlar telekanallar, şuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
- Qonunçilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalari;
- taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud işlari.
Farmon loyihasidagi quyidagi takliflar qabul qilinmadi:
- respublikadagi har qanday bino va inşootlarning mulkdori yoki egasi töğrisidagi ma'lumotlar, mazkur bino va inşootlarning manzilini kiritiş orqali biliş elektron interaktiv xizmatini işga tuşiriş;
- “avtomobil tarixi” töğrisidagi ma'lumotlar, avtomototransportlar beriladigan röyxatdan ötkaziş milliy davlat raqami belgilari, avtotransportlar röyxatdan ötganlik guvohnomalarining seriya hamda raqamini kiritiş va haq tölaş orqali aniqlaş elektron interaktiv xizmatini işga tuşiriş.

















