Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Navalniyni AQShga berish shartini aytdi
Peskovning qayd etishicha, Navalniy masalasi Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda ko‘tarilgan.
Rossiya muxolifatchi Aleksey Navalniyni uning Amerika fuqarosi ekanligi va maxsus xizmatlarga ishlashi aniqlangan taqdirda AQShga berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Exo Moskvy» radiosi efirida aytdi.
«Agarda amerikaliklar u Qo‘shma Shtatlar fuqarosi ekanligini va maxsus xizmatlarga ishlashini rasman tasdiqlashsagina. Boshqachasiga hech qachon», — dedi Peskov.
Peskovning qayd etishicha, Navalniy masalasi Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda ko‘tarilgan.
«Mavzu ko‘tarildi, u AQSh prezidenti tomonidan ilgari surildi. Rossiya prezidenti bunga javob qaytardi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida Navalniyni AQShga berish yoki kimgadir almashtirish imkoniyati muhokama qilinmagan.
Rossiya prezidenti sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham jurnalistlarning Navalniy borasida bergan savollariga javob qaytardi.
Mavzuga oid
10:45
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
09:15
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
10:15 / 15.06.2026