Navoiy viloyati Konimex tumanida uç kişi maşina olib qoçgan. Ular orasida 17 yoşli qiz ham bölgan. Bu haqda viloyat IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 12 iyun kuni fuqarolardan biri Konimex tumani IIB navbatçilik qismiga tuman hududida joylaşgan AYoQŞda turgan «Neksiya-3» maşinasini noma'lum şaxslar olib qoçib ketgani haqida xabar bergan. Tuman IIB YHXB va jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida maşina olib qoçganlikda gumonlangan şaxslar Qiziltepa tumanida uşlangan.

Suriştiruvlarda aniqlanişiça uç nafar gumonlanuvçi Toşkentdan Navoiy şahriga boriş uçun Samarqand şahridan taksi çaqirgan va narxini kelişib «Neksiya-3» maşinasiga ötirişgan Ular Konimex tumaniga yetganida haydovçi AGQŞlardan biriga yoqilği quyiş uçun kirgan. Haydovçining hojatxonaga kirganidan foydalanib, uç yölovçi maşinani minib qoçib ketişgan. Qiziltepa tumani hududiga yetişganda maşinaning yoqilğisi tugab, töxtab qolgan. Ikki yigit maşinani taşlab, qoçib ketişgan. Qiz maşina oldida qolgan.

Maşina olib qoçganlarning eng kattasi 19 yoşda bölib, u avval ham öğirlik jinoyatini sodir etib jazolangan şaxs bölib çiqqan.

Ta'kidlanişiça, uşbu uç nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 267-moddasining tegişli bandlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.