Yevro-2020. A guruhi
Italiya — Şveytsariya — 3:0 (1:0)
Gollar: Lokatelli, 26 (1:0). Lokatelli, 52 (2:0). Immobile, 89 (3:0).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bonuççi, Kellini (Açerbi, 24), Spinatssola, Barella (Kristante, 87), Jorjino, Lokatelli (Pessina, 86), Berardi (Toloy, 69), Immobile, Insine (Keza, 69).
Şveytsariya: Zommer, Akanji, Elvedi, Şer (Tsuber, 57), Mbabu (Vidmer, 58), Çaka, Froyler (Sou, 84), Şaqiri (Vargas, 76), Rodriges, Embolo, Seferoviç (Gavranoviç, 46).
Ogohlantirişlar: Gavranoviç, 49. Embolo, 79.
Hakamlar: Karasev. Demeşko, Gavrilin (barçasi — Rossiya)
VAR: Dankert. Gittelmann, Frits (barçasi — Germaniya), Gil (Polşa).
16 iyun. Rim. Olimpiyskiy stadioni. 12445 tomoşabin.

Favoritlar odatda öyindan öyinga kuçayib, pley-offdagi hal qiluvçi öyinlarda öz imkoniyatlarini töliq işga sola boşlaydi. Ammo Italiya birinçi turdanoq öz maqsadlarini namoyiş eta boşladi. 2018 yilgi jahon çempionatini ötkazib yuborgan italyanlar Roberto Mançini boşqaruvi davrida yuqori sport formasiga çiqişdi. «Skuadra adzurra» 29 öyindan buyon mağlubiyat bilmay kelmoqda, sönggi 10 öyinda esa darvozalari daxlsizligini saqlagan holda ğalabaga erişdi – «Siti»ning sobiq boş murabbiyi italyanlar futboli falsafasini butunlay özgartirdi, uning davrida Italiya «katenaçço»ni unutdi.
Mançini şogirdlari katta umidlar bilan Yevropa çempionatiga kelgan Turkiyani birinçi turdayoq umidsiz holatga tuşirişdi. Birinçi bölimda yuqori pressing bilan raqibga öyin bermagan jamoa ikkinçi bölimda qatorlaştirib gol urdi - 3:0.
Yangi avlodi bilan bu turnirda uzoqqa borişi taxmin qilingan turklar ikkinçi turda ham mağlubiyat alamini totişdi - Garet Beylning golli paslari evaziga 2:0 hisobida ğalaba qozongan Uels amalda Yevro-2020 pley-offiga çiqdi. Nimçorak finalga yöllanma oliş uçun 4 oçko ham kifoya qiladi, uelsliklar guruhda uçinçi bölib qolişsa ham eng yaxşi uçinçi örin egalari qatoriga kirişadi. Ötgan safargi Yevropa çempionati yakunida ğoliblikni qölga kiritgan Portugaliyaga guruhdan çiqiş uçun 3 oçko ham yetarli bölgandi.
Köp ötmay Italiya rasman pley-off masalasini hal qildi.





















