“Avto 60-oy” MÇJ mansabdor şaxslari J.Bahodirov va boşqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr körgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplaş maqsadida Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat tarkibda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlarda işçi guruhlar taşkil etilgan.
MIB axborot xizmatiga köra, hozirda işçi guruhlarga 2 144 nafar fuqaro murojaat qilib, özlariga tegişli hisobraqamlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilişgan.
Şuningdek, moddiy zararni qaytariş masalasida murojaat etmagan fuqarolarga hududlarda taşkil etilgan işçi guruhlarga murojaat qilişlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisobraqamlariga ötkazilişi ma'lum qilinmoqda.
Şu sababli, jamiyatdan jabr körgan fuqarolarning aksariyati viloyatlarda yaşaşini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratiş va ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş maqsadida, quyidagi manzillarga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartoçkalari bilan MIB hududiy boşqarmalariga (duşanba-juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar) murojaat qilişlari söraladi.

















