Yevro-2020. A guruhi
Italiya — Uels — 1:0 (1:0)
Gol: Pessina, 39.
Italiya: Donnarumma (Sirigu, 89), Bonuççi (Açerbi, 46), Toloy, Emerson, Bastoni, Verratti, Jorjino (Kristante, 75), Bernardeski (Raspadori, 75), Keza, Pessina (Kastrovilli, 87), Belotti.
Uels: Uord, Ganter, K.Robers, Ampadu, Rodon, N.Uilyams (B.Devis, 86), Remsi, Allen (Bruks, 86), Jyeyms (Uilson, 74), Morrell (Mur, 60), Beyl (Levitt, 86).
Ogohlantirişlar: Allen, 51. Pessina, 79. Ganter, 79.
Çetlatiş: Ampadu, 55.
Hakamlar: Hatsegan. George, Gingulyak (barçasi — Ruminiya).
VAR: Gil (Polşa). Letekse, Pajyes (ikkisi — Fransiya), van Bukel (Niderlandiya).
20 iyun. Rim. «Olimpiyskiy» stadioni.

Uelsga qarşi öyin oldidan Italiyada eng köp muhokama qilingan mavzu şunday edi — guruhda birinçi örinni oliş va 1/8 finaldagi, umuman, pley-off setkasi qanday bölişini tanlaş kerakmi? Kimgadir bu ğalati körinişi mumkin, ammo bunda mantiq bor.

Gap şundaki, A guruhining birinçi jamoasi 1/8 finalda S kvartetidagi ikkinçi jamoaga qarşi öynaydi — ya'ni Ukraina yoki Avstriya. Agar ikkinçi örin egallanganda, V guruhining ikkinçi örindagi jamoasi raqib bölardi — bu guruhda Daniya, Rossiya va Finlandiyada ham ikkinçi örin bilan pley-offga çiqiş imkoniyati bor. Umuman olganda, katta maqsadlarni qöygan jamoaga kim raqib bölişining farqi bölmasligi kerak, ammo bu hali 1/8 final.

A guruhi ğolibi pley-offda şunday setkadan joy olganki, nimçorak finaldan ötilsa, çorak finalda uni V guruhi ğolibi, ya'ni Belgiya iştirokidagi juftlik ğolibi kutadi. Yarim finalda esa F guruhi ğolibi — katta ehtimol bilan Fransiya yoki Germaniya töqnaş kelişi mumkin.

Öz navbatida, A guruhining ikkinçi jamoasini nisbatan osonroq yöl kutadi — çorak finalda Niderlandiya, yarim finalda Angliya bilan töqnaşiş mumkin.

Albatta, hali guruh bosqiçi yakunlangani yöq va barçasi butunlay boşqaça ketişi ham mumkin, öyin arafasida esa La Gazetta dello Sport naşri muqovada «Biz peçeneni yoqtirmaymiz» sarlavhasi bilan çiqdi.

Buning ma'nosi şuki, italyan futbolida biscotto atamasi bor — «peçene» — deb ğalati öyinlarga aytiladi. Bu kelişilgan, sotib olingan öyin emas, ammo ğalati öyin. Masalan, natija ikki jamoani ham qoniqtirgan holatda şu natijani saqlab qoliş uçun öynaşga aytiladi. Italyanlar xotirasida qolib ketgan 2004 yilgi Yevropa çempionatida Daniya va Şvetsiya örtasidagi «skandinavça durang» — klassik biscotto uçun misol.