22 iyun kuni ham saytning özbekça talqinida xabarlar lentasi yangilanmadi.

Natijada ijtimoiy tarmoqlarda faollar va OAV vakillari Özbekistondagi söz erkinligi borasidagi xavotirlarini bildirib, Kun.uz jamoasi bilan birdamliklarini ifoda etişdi va sayt jamoasi vaziyatga befarq bölmaganlarning barçasiga çuqur minnatdorlik izhor qiladi.

Şu bilan birgalikda, sayt faoliyati töxtab qolgani böyiça, şuningdek, tahririyatning keyingi faoliyati böyiça savollar yuzaga kelmoqda.

Şu munosabat bilan tahririyat quyidagilarni bayon etadi.

E'tirof etiş kerakki, 2016 yilda Özbekistonda hokimiyat özgarişi ortidan mamlakatda söz erkinligini ta'minlaş borasida ham jiddiy islohotlar olib borildi. Davlat rahbari bu masalaga jiddiy qarab, OAV vakillarini islohotlarni amalga oşirişda öziga kömakçi deb atab, ularni jur'atli bölişga çaqirib kelmoqda.

Şuning barobarida, mamlakatda söz erkinligi bilan boğliq ayrim qonunçilik me'yorlari (jumladan, Kun.uz’ning javobgarlikka tortilişiga sabab bölgan qonun normalari) hamon eski qoliplarda qolayotganiga köz yumib bölmaydi. Bunday kamçiliklar istalgan vaqtda söz erkinligiga qarşi qurol sifatida foydalanilişi mumkin.

Kun.uz faoliyati bilan boğliq sönggi voqealar ham buni körsatib berdi. Tahririyat bunga toqatsizlik bildirdi va faoliyatida tanaffus qiliş orqali öz noroziligini ifodaladi.

Bundan taşqari, ayrim davlat idoralari tomonidan OAV faoliyatiga aralaşuvlar, söz erkinligiga tösqinliklar hamon saqlanib qolmoqda. OAV faoliyatiga har qanday bosim va senzuraga yöl qöyib bölmaydi.

Bugungi sukunat orqali sohadagi barça muammolarga e'tibor qaratişni istadik. 

Yaxşi tuşunamizki, OAV öz ustida yanada köproq işlaşi va rivojlanişi mamlakat hayoti uçun foyda keltiradi. Barça hamkasblarimizni xolis jurnalistikani rivojlantirişga, söz erkinligi ta'minlanişiga erişişda birgalikda harakat qilişga çaqirib qolamiz.

Özbekistondagi söz erkinligi darajasi yaqin yillarda özimiz etalon sifatida körsatadigan davlatlar darajasiga çiqişiga umid qilib qolamiz. Bunda davlat va jamiyatning barça qatlami – u xoh davlat idorasi bölsin, xoh oddiy fuqaro, nafaqat söz erkinligi, balki mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boşqa sohalarda yetakçi davlatlar qatoridan örin olişida öz hissasini qöşişi kerak, deb hisoblaymiz. 

Tahririyat yana bir bor Özbekiston qonunçiligini hurmat qilişini, davlat idoralari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirib, şu bilan birgalikda, ma'nan eskirgan va erkinlik prinsiplariga zid bölişi mumkin bölgan qonunçilik normalarini qayta körib çiqişga ehtiyoj bor deb hisoblaşini ma'lum qiladi.