Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB suv ta'minotini yaxshilash borasida 6ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida 2021 yilda umumiy qiymati 462,5 mln. dollarga teng bo‘lgan ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish bo‘yicha Xorazmda 2ta, Namanganda 2ta, Qashqadaryoda 1ta hamda Toshkent shahrida 1ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
AOKAda «O‘zsuvta'minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Ta'kidlanishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida 2021 yilda umumiy qiymati 462,5 mln. dollarga teng bo‘lgan 6ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining jami 370 mln. dollar miqdoridagi qarz mablag‘lari hisobidan bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyihalar Xorazmda 2ta, Namanganda 2ta, Qashqadaryoda 1ta hamda Toshkent shahrida 1tani tashkil etadi.
1. «Xorazm viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi – umumiy qiymati 74,64 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 60 mln. dollar (80,4 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 14,6 mln. dollar (19,6 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
2. «Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish» loyihasi – umumiy qiymati 114,5 mln. dollar
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:
- 90 mln. dollar (78,6 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 24,5 mln. dollar (21,4 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
3. «Namangan viloyatining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi – umumiy qiymati 74,6 mln. dollar
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 60 mln. dollar (80 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 14,6 mln. dollar (20 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
4. «Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish» loyihasi – umumiy qiymati 85,1 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 70,0 mln. dollar (82 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 15,1 mln. dollar (18 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
5. «Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish» loyihasi - umumiy qiymati 76,04 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:
- 60 mln. dollar (78,9 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 16,04 mln. dollar (21,1 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
6. «Toshkent shahrida suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini modrenizatsiya qilish» loyihasi – umumiy qiymati 37,2 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 30 mln. dollar (80,7 foiz) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari;
- 7,2 mln. dollar (19,3 foiz) davlat budjeti mablag‘lari.
Ushbu ishlar uchun hukumat qarori loyihasi 2020 yil 10 dekabr kuni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Mavzuga oid
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026
O‘zbekiston qatorasiga oltinchi yil YeTTB eng ko‘p moliyalashtirgan davlat bo‘ldi
12:38 / 01.01.2026
YeTTB Asakabankning 15 foiz aksiyasini sotib oladi
13:15 / 14.10.2025