Poytaxt Toşkent kundan kunga çöllaşib, “domlaşib”, betonlaşib bormoqda. Yoş-u qari yaşil daraxtzor soya-salqinida hordiq çiqaradigan boğlarning köpi işlamayapti. Bunday vaziyatda bir tarafdan şaharni toza havo bilan ta'minlovçi yangi daraxtlar ekiş, ikkinçi tarafdan esa omon qolganlarini bir amallab asrab qoliş dolzarb masalaga aylandi.
Biroq afsuski, mas'ullar har ikkala vazifani ham yetarliça uddalay olmayapti.


Yaşnobod tumani Alimkent köçasida qurib qolgan “daraxtlar qabristoni” paydo bölgan. Katta-katta daraxtlar qurib bölgan. Yoş nihollar ham sekin-asta qurib bormoqda.
Daraxtlarning köpçiligi boşqa joylardan köçirib, şu yerga ötqazilgan. Ajablanarlisi şundaki, daraxtzorga aylantiriş reja qilingan maydon toşloq va suvsiz bölsa-da, daraxtlarni köçirib ötkazişdan oldin alohida tayyorgarlik körilmagan. Ular suvsizlikdan qurib bormoqda.
Yaşnobod tuman hokimligi Obodonlaştiriş boşqarmasi vakilining ma'lum qilişiça, Alimkent köçasidagi daraxt köçatlari Katta Farğona yöli köçasining ta'mirlanişi munosabati bilan u yerdan köçirib keltirilgan. Mutasaddiga köra, ularning quriy boşlaşi – “havo keskin isib ketgani”ning oqibati.

“Daraxtlar asosan Farğona yöli qayta qurilgani sababli, u yerdagi ba'zi bir nihol daraxtlarni Alimkent köçasi yoniga köçirişga töğri keldi. Suvlari vaqtida berilgan. Köçirilişda barça qoidalarga amal qilingan. Lekin havoning keskin isib ketişi daraxtlarning nobud bölişiga sabab böldi.
Biz faqat köçatlarni köçirib ötkazganmiz. Saqlab qoliş uçun qöldan kelgan barça işlarni qildik. Qurib qolgan daraxtlar örniga boşqalarini ekişga töğri keladi”, – deydi Obodonlaştiriş boşqarmasi vakili Şuhrat Rajabov.

Turgan gapki, izohlovçining izohi bizni qoniqtirmadi. Köçirib ötkazişdan oldin nega tegişli agrotexnik tadbirlar qilinmagani, toşloq va suvsiz yerga daraxt köçirilganini tuşuniş qiyin.
Şu örinda atrof-muhitga mas'ul taşkilotlar, deputatlar va jamoatçilikdan daraxtlarni saqlab qolişda faol bölişini, qonun çiqaruvçi va ijro hokimiyati tizimidagilarni daraxtlarga nisbatan qilingan tajovuzga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlaşni sörab qolamiz.
Zero, bizdan avlodlarimizga daraxtlari qirğin qilingan biyobondagi beton va plastmassa uyumi emas, odamlar uçun qulay, kislorodga töla, yaşil va soya-salqin şahar qolsin.
Rahmatillo Isroilov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi – Doniyor Yoqubov.
Mavzuga oid:
Asosiy boğlaridan mahrum Toşkent. Betonlaşayotgan, beçora Toşkent
Quriliş böladigan boğlardagi daraxtlar xatlanadi, lekin himoya qilinadimi? — Ekoinspeksiya javobi
Toşkentda metro qurilişi: Yoz issiğida köçirilgan daraxtlar qurib qolmaydimi?











