Ğafur Ğulom boği
Bir vaqtlar juda gavjum bölgan «Ğafur Ğulom» nomidagi madaniyat va istirohat boği bugun kimsasiz maskanga aylangan.
Qöştirnoq içidagi «xorijiy investor»larning ham şiddati pasayib qolgan. Rekord darajadagi issiqda şaharliklar serdaraxt boğda hordiq çiqarişdan mahrum.

Boğ atrofi tösib qöyilgan, attraksionlar buzib taşlangan, boğga yuk maşinalari kirib çiqib yuribdi.
Birorta daraxt kesilmasligi, boğ yanada çiroyli bölişini va’da qilişgan. Lekin daraxtlar haqiqatan ham kesilmayaptimi, buni aniqlaş imkonsiz, içkariga kiritişmaydi.
Milliy boğ

Foto: Xpress.uz
Milliy maqomiga ega, ya’ni Özbekistonning asosiy boğining yarmiga... siti qurib yuborişdi.
Sitida esa, tabiiyki, tabiiylik yöq, yaşillik yöq. Maysazor va daraxtzorlar örnini temir va betonlar egalladi.
Şahar şovqinidan xoli, sokin tabiat bağrini savdo şoxobçalari va restoranlar egalladi.
Bobur boği
Aholi ziç joydagi bu boğ ham bir vaqtlar köpçilikning sevimli maskani edi. Şahar tepasida ötirganlarning xorijiy investorga beriş («beriş» fe’li örniga boşqa sözni qöllaş ham mumkin) iştahasidan Bobur boği ham çetda qolmadi.
Rekonstruksiyadan keyin katta özgarişlar bölişi aytildi. Ammo na investor, na rekonstruksiyadan darak bor. Qarovsiz, huvillagan boğdagi gözallikdan asar ham qolmagan.
Abdulla Qodiriy boği

















