Hujjatga köra, 2021 yil 1 iyuldan:
- barça mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyişlari “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oşiriladi;
- uşbu elektron tizimni çetlab ötgan holda qaror va farmoyişlarni qabul qilişga yöl qöyilmaydi;
- qarorlarning tartibga soliş ta'sirini baholaş elektron tizim orqali amalga oşiriladi.
Mazkur sohani tartibga solişga qaratilgan nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, loyiha “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor taşkilotlar bilan kelişiş uçun yuboriladi.
Manfaatdor taşkilotlar loyihani 3 kun muddatda iş yurituviga qabul qiladi hamda körib çiqadi.
Loyihalar yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelişilgan hisoblanadi.
Adliya vazirligi:
- hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qiliniş jarayonlarining doimiy monitoringini olib boradi;
- monitoring natijalariga köra elektron tizim orqali kelişiş uçun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor taşkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va mas'ul xodimlariga nisbatan ta'sir çoralarini qöllaydi.
“E-qaror” elektron tizimi dastlab hukumat qarori bilan 2021 yil yanvar-may oylarida Qaşqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida sinovdan ötkazilişi, şuningdek 2021 yil 1 iyuldan boşlab respublikaning barça darajadagi mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida joriy etilişi belgilangan edi.

















