Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda aliment to‘lamagan 11 nafar ota o‘n besh sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida aliment to‘lamagan 11 nafar ota o‘n besh sutkaga qamaldi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 24 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan sayyor sud tartibida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.
Jumladan, Yakkabog‘ tumani Qovchin qishlog‘ida yashovchi qarzdor fuqaro J.Q. sudning qarori chiqqan bo‘lsa-da, 2 nafar farzandi uchun aliment pullarini to‘lab bermagan. Shu sababli sud tomonidan unga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi berilgan. Shuningdek, qarzdor O.I. bir nafar farzandi uchun aliment pullarini qasddan to‘lamay kelgani sabab 15 sutkaga qamalgan.
Qayd etilishicha, shu kuni, ana shunday o‘z farzandining moddiy ta'minotini o‘ylamagan otalarning 11 nafariga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 4-qismiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi berilgan.
Ta'kidlanishicha, MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida aliment bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq ijro hujjatlari mavjud.
Mavzuga oid

18:38 / 05.08.2025
MIB tarixida eng katta miqdordagi aliment to‘landi

15:10 / 31.07.2025
Yakkabog‘da haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

13:46 / 24.07.2025
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi

11:29 / 19.07.2025