Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada lokdaunni uzaytirishga qaror qilindi
Malayziya bosh vaziri Muhiddin Yassin koronavirusning jadal tarqalishi oldini olish uchun mamlakatda amal qilayotgan karantin choralarini uzaytirishga qaror qildi.
Lokdaunni 28 iyundan bekor qilish rejalashtirilgan edi. Biroq mamlakatda 26 iyunda 5,8 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgach, karantinni uzaytirishga qaror qilindi.
Yassin kunlik kasallanish holatlari 4 mingtadan kamaysa, karantin choralarini bekor qilish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytgan.
May oyida Malayziya bosh vaziri 12 maydan 7 iyungacha navbatdagi cheklovlar kiritilishini e'lon qilgan. Jumladan, jamoat tadbirlari o‘tkazishga, restoranlarga borishga, favqulodda vaziyatlar, ish, emlash va boshqa o‘ta zarur holatlardan tashqari shtatlar va hududlar ichida harakatlanishga taqiqlov kiritilgan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026