Yevro-2020. 1/8 final
Uels — Daniya — 0:4 (0:1)
Gollar: Dolberg, 27 (0:1). Dolberg, 48 (0:2). Mehle, 88 (0:3). Breytueyt, 90+4 (0:4).
Uels: Uord, B.Devis, K.Robers (N.Uilyams, 40), Rodon, Mefam, Remsi, Allen, Jyeyms (Bruks, 78), Morrell (Uilson, 59), Beyl, Mur (T.Robers, 78).
Daniya: Şmeyxel, Ker (Boylesen, 77), Vestergor, Kristensen, Stryuger Larsen (Andersen, 77), Mexle, Dileyni (Nergor, 60), Heyberg, Breytueyt, Dolberg (Kornelius, 69), Damsgor (Yyensen, 60).
Ogohlantirişlar: Rodon, 26. Mur, 40. Bruks, 80. Beyl, 90+3.
Çetlatiş: Uilson, 90.
Hakamlar: Zibert. Zaydel, Foltin (barçasi — Germaniya).
VAR: Dankert. Gittelmann, Dingert, Frits (barçasi — Germaniya).
26 iyun. Amsterdam. «Yoxan Kroyf Arena» stadioni.
Rossiya örniga
Daniyaliklar örnida pley-offda rossiyaliklar öynaşi mumkin edi. Ammo Rossiya termasi hal qiluvçi öyinda Daniyaga yirik hisobda mağlub böldi, skandinavlar esa öyindan öyinga kuçaymoqda va turnirda barçaning diqqatini öziga qaratmoqda. Daniya muxlislar köz öngida porladi. Yöl oğir boşlandi, Kristian Eriksenning yuragi xuruj qilganida jamoa şok holatida autsayderga yutqazib qöydi. Keyin jiddiy ösiş kuzatildi — Daniya Belgiya bilan tengma-teng kuraşdi, ammo Kevin de Bryuynening individual mahorati tufayli yana yutqazdi. Uçinçi turda — Rossiya ustidan uzoq kutilgan ğalabaga erişildi va dastlabki turlardagi mağlubiyatga qaramasdan, sensatsion ravişda pley-offga çiqildi. 1/8 finalda esa Uels ustidan yirik hisobdagi ğalaba qayd etildi.
Daniya termasini turnirdan avval köp naşrlar ehtimoliy qora toyçoqlar qatorida sanagandi. Tarkibda nomlar bor, sinovdan ötgan va töğri qöyilgan taktika, zamonaviy leptop-murabbiy Yulmann, sönggi rasmiy öyinlardagi yuqori natijalar... Ammo pley-offga Daniyani hissiyotlar olib çiqdi — Eriksen bilan sodir bölgan dahşatli voqea mamlakatni birlaştirdi, Kopenhagendagi tribunalar Finlandiya va Belgiyaga qarşi öyinlarda oçko olinmagani adolatsizlik ekanini his qilib turardi.
Yulmanning ğoyasi
Daniyaning 1/8 finaldagi ğalabasi — taktika va xarakter uyğunlaşuvi böldi. Giggz va Peyj boşqaruvida Uels sodda va barçaga tuşunarli bölgan, Beyl va Remsiga erkinliklar berilgan 4-2-3-1 sxemasida öynab, «standartlar» hamda qarşi hujumlarga tayanmoqda. Öyin boşida uelsliklar daniyaliklardan yaxşiroq körinayotgandi — katta kuç bilan hujumlar uyuştirildi, xususan, markazdan ham. Beyl doimiy ravişda markazroqqa köçib öynadi, ikki bor töpni egallab olib, Şmeyxel darvozasi tomon xavfli zarbalar yölladi, Yulmann jamoasi esa tayanç zonasida qiynaldi.



















